Bugungi kunda O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari soni yil sayin ortib bormoqda. Abituriyentlar uchun nafaqat oliygohlar kirish ballari, balki o‘qish narxlari ham muhim omil hisoblanadi. Ushbu reytingda mamlakatimizdagi to‘lov-kontrakt miqdori eng yuqori bo‘lgan oliygohlarni ko‘rib chiqamiz.
O‘zbekistondagi eng qimmat oliygohlar TOP-3
1. Akfa universiteti
Akfa universiteti 2019-yilda tashkil etilgan bo‘lib, u Janubiy Koreyaning Ganjon universiteti andazasida faoliyat yuritadi. Universitetning tibbiyot yo‘nalishi mamlakatdagi eng qimmat ta’lim yo‘nalishi hisoblanadi. Bu yerda yillik kontrakt miqdori 58 000 000 so‘mni tashkil etadi. O‘qish muddati 6 yil bo‘lib, u tibbiy tayyorlov va asosiy kurslarni o‘z ichiga oladi.
2. MGIMO Toshkent filiali
Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining Toshkent filiali 2019-yilda ochilgan. Institut xalqaro munosabatlar va diplomatiya sohasida mutaxassislar tayyorlaydi. Hozirgi kunda ushbu oliygohda bakalavr bosqichi uchun to‘lov-kontrakt miqdori 52 230 000 so‘m etib belgilangan. Shuningdek, magistratura bosqichida ham bir qancha yo‘nalishlar mavjud.
3. Toshkent shahridagi Inha universiteti
2014-yilda tashkil etilgan Inha universiteti axborot texnologiyalari bo‘yicha O‘zbekistondagi yetakchi oliygohlardan biri hisoblanadi. Har bir talaba uchun bu yerda xalqaro standartlarga mos ta’lim muhiti yaratilgan. Universitet AKT va logistika yo‘nalishlarida kadrlar yetkazib berishda davom etmoqda.
Ushbu oliygohlarga kirish uchun abituriyentlardan nafaqat bilim, balki ingliz tili darajasini belgilovchi IELTS yoki TOEFL sertifikatlari ham talab qilinadi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.