2024-yil: Abituriyentlar uchun yangi tartib – 2 bosqichli ro’yxatdan o’tish

2024-yildan OTMlarga kirish tartibi o’zgardi: endi abituriyentlar avval test topshirib, keyin balliga qarab yo’nalish tanlaydi. Tafsilotlar bilan tanishing.

3
2024-yil: Abituriyentlar uchun yangi tartib – 2 bosqichli ro’yxatdan o’tish

2024-yilda abituriyentlar uchun yangi qabul tartibi

2024-yildan boshlab OTMlarga kirishda “avval test, keyin tanlov” tizimi joriy etildi. Bu o'zgarish abituriyentlarga to'plagan baliga qarab ongli ravishda yo'nalish tanlash imkonini beradi.

Ro'yxatdan o'tishning 2 bosqichi

Yangi qoidalarga ko'ra, abituriyentlar ikki bosqichda ro'yxatdan o'tadilar:

  • 1-bosqich: Abituriyent shaxsiy ma'lumotlari, test topshirish fanlari, tili va hududini tanlaydi. Bu bosqichda OTM va yo'nalish tanlanmaydi.
  • 2-bosqich: Test natijalari e'lon qilingach, abituriyent o'z balliga mos oliygohlar va yo'nalishlar kesimida kirish ballari bilan tanishib, shunga qarab tanlovni amalga oshiradi.

Nima uchun bu qulay?

Ushbu tizim abituriyentlarga imtihondan so'ng o'z imkoniyatlarini real baholash va to'g'ri qaror qabul qilish imkonini beradi. Abituriyentlar uchun mo'ljallangan ushbu yangilik haqida fikringizni izohlarda yozib qoldiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar