Ramazon oyida xodimlar uchun ish vaqtini qisqartirish usullari
Ramazon oyi kirib kelishi bilan ko‘plab ish beruvchilarda ro‘zador xodimlar uchun ish sharoitlarini yengillashtirish masalasi tug‘iladi. Qonunchilikka muvofiq, ish beruvchi xodimlar uchun qo‘shimcha kafolatlar yaratish huquqiga ega. Agar siz talabalar uchun yoki boshqa xodimlar uchun qanday yengilliklar qilishni bilmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi usullardan foydalanishingiz mumkin:
1. Ichki hujjatlar orqali tartib o‘rnatish
Mehnat kodeksining 12 va 13-moddalariga ko‘ra, ish beruvchi o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan yakka tartibdagi hujjatlar (buyruq yoki farmoyish) orqali xodimlarga qo‘shimcha kafolatlar belgilashi mumkin. Hatto jamoa shartnomasida nazarda tutilmagan bo‘lsa ham, rahbariyat o‘z qarori bilan ish vaqtini tartibga solishga haqli.
2. Tanaffus vaqtini qisqartirish hisobiga vaqtliroq ketish
Mehnat kodeksining 204-moddasiga binoan, ish kuni davomida beriladigan dam olish va ovqatlanish tanaffusi 30 daqiqadan kam bo‘lmasligi kerak. Agar korxonada 1 soatlik tanaffus o‘rniga 30 daqiqalik tanaffus belgilansa, xodimlar ish kunini 30 daqiqa vaqtliroq yakunlashlari mumkin.
3. To‘liqsiz ish vaqti va ta’til
- To‘liqsiz ish vaqti: Mehnat kodeksining 186-moddasiga muvofiq, xodim bilan kelishilgan holda ish vaqtini qisqartirish mumkin.
- Muddatidan oldin ta’til: Kodeksning 228-moddasiga ko‘ra, xodimga ta’til jadvalda belgilangan vaqtdan oldinroq berilishi mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumotlar va barcha maqolalar bilan tanishish uchun saytimizni kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.