O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar uchun qishki o‘qishni ko‘chirish (perevod) jarayonlari bo‘yicha muhim ma’lumotlar e’lon qilindi. Ko‘pchilikni qiziqtirgan asosiy savol — bu yilgi jarayonda imtihonlar bo‘ladimi?
Qishki perevod muddatlari va tartibi
Oliy ta’lim muassasalarida o‘qishini ko‘chirish istagida bo‘lgan talabalar uchun quyidagi muddatlar belgilangan:
- Ariza topshirish: Har yili 20-dekabrdan keyingi yilning 20-yanvariga qadar;
- Arizani ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish: Har yili 25-janvardan 15-fevralga qadar amalga oshiriladi.
Kerakli hujjatlar ro‘yxati
O‘qishini ko‘chirishni rejalashtirgan fuqarolar tanlangan oliygohlar ma’muriyatiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
- Ko‘chirish sabablari va yo‘nalishi ko‘rsatilgan ariza;
- Talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma nusxasi;
- Pasport yoki ID-karta nusxasi.
Eslatib o‘tamiz, qishki perevod jarayoni hech qanday imtihonlarsiz, faqatgina talabaning arizasi va asosli sabablari ko‘rib chiqilgan holda amalga oshiriladi. Bu imkoniyatdan faqat belgilangan muddatlarda foydalanish tavsiya etiladi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.