Princeton universiteti: AQSHda ta'lim olish imkoniyati
Princeton universiteti — 1746-yilda tashkil etilgan, AQSHdagi eng qadimgi va nufuzli tadqiqot universitetlaridan biri. Ayvi ligasi (Ivy League) a'zosi bo'lgan ushbu oliygoh butun dunyodan iqtidorli talabalarni o'z safiga chorlaydi.
Grant dasturi va imtiyozlar
Universitet xalqaro talabalar uchun $56 500 gacha bo'lgan moliyaviy yordam va grant dasturlarini taklif etadi. Bu AQSHda sifatli ta'lim olishni istagan abituriyentlar uchun ajoyib imkoniyatdir. Shuningdek, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqing.

Talab etiladigan hujjatlar
- Xalqaro ariza formasi (Common Application Form);
- Ingliz tiliga tarjima qilingan baholar tabeli;
- 3 ta tavsiyanoma (1 ta o'quv yurtidan, 2 ta ustozlardan);
- SAT yoki ACT sertifikatlari;
- 250 so'zli motivatsion insho;
- Til bilish sertifikati (IELTS/TOEFL/Pearson).
Muhim sanalar
Dasturga qabul avgust oyining o'rtalarida boshlanadi. Batafsil ma'lumotlar va hujjat topshirish muddatlari uchun universitetning rasmiy saytiga murojaat qiling.
Batafsil ma'lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.