Qisqacha mazmun:
Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomda attestatsiyada uzrli yoki uzrsiz sabablarga asosan ishtirok etmaganlik uchun ko'riladigan choralar belgilab qo'yilgan.
Pedagoglar attestatsiyada uzrli sababga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda bo'lganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida ko'rsatilgan boshqa asoslarga) ko'ra kelmagan bo'lsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga ko'chiriladi.
Pedagog kadr uzrsiz sababga ko'ra navbatdagi majburiy attestatsiyada ishtirok etmagan bo'lsa, u attestatsiyadan o'tmagan hisoblanadi hamda uning tegishli malaka toifasi (lavozimi) bir pog'ona tushiriladi.

Uzrsiz sababga ko'ra attestatsiyada ishtirok etmagan mutaxassis (oliy maʼlumotli o'qituvchi) lavozimidagi pedagog kadr attestatsiyadan o'tmagan hisoblanadi hamda ish beruvchi xodimning malakasi yetarli bo'lmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat to'g'risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega.
O‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan o‘ta olmagan pedagog kadrlarning malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda ularga navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashishdan oldin amalda bo‘lgan malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanadi.
Ta'lim sohasidagi boshqa yangiliklarni kuzatib boring.

Javoblar (0 )