Maqsadli kvota nima uchun kerak?
Maqsadli qabul – muayyan hududlarda kadrlar yetishmovchiligini bartaraf etish uchun ajratiladigan imtiyozli kvotadir. Biroq, so‘nggi mandat natijalari shuni ko‘rsatdiki, Navoiy viloyatining G‘ozg‘on shahri uchun ajratilgan o‘rinlarni boshqa tumanlardan kelgan abituriyentlar egallab olishgan.
Abituriyentlar uchun barcha kerakli ma'lumotlarni abituriyentlar uchun maxsus bo‘limimizdan topishingiz mumkin.
Raqobat va adolatsizlik: G‘ozg‘onliklar norozi
G‘ozg‘on shahri uchun ajratilgan 3 ta maqsadli kvotaning 2 tasi shaharda vaqtincha ro‘yxatdan o‘tib, keyin chiqib ketgan abituriyentlarga nasib qildi. Aslida esa, bu o‘rinlar shu hududda yashovchi, tibbiyot sohasiga qiziqqan mahalliy yoshlar uchun mo‘ljallangan edi.
- Jahongir Xayriyev: Xatirchi tumanidan bo‘lsa-da, G‘ozg‘on kvotasini egalladi.
- Javohir Jalilov: Shofirkon tumanidan bo‘lib, G‘ozg‘on orqali o‘qishga kirdi.
Oliy ta’lim muassasalariga kirishda kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib borish raqobatni to‘g‘ri baholashga yordam beradi.
Muammoning yechimi bormi?
G‘ozg‘onliklar ushbu holatni ochiq-oydin adolatsizlik deb atashmoqda. Eng achinarlisi, maqsadli kvota orqali o‘qishga kirgan bu shaxslar o‘qishni bitirgach, aynan G‘ozg‘on shahriga qaytib ishlashiga hech qanday kafolat yo‘q.
























Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.