Ikki yillik kutish nihoyasiga yetdi. O'zbekiston tarixi davlat muzeyi 24-iyul kuni soat 10:00da uzoq davom etgan rekonstruksiyadan so'ng qayta ochiladi. Fanlar akademiyasi xabariga ko'ra, bu yil muzey o'zining 150 yillik yubileyini nishonlaydi — u 1876-yilda tashkil etilgan bo'lib, Markaziy Osiyodagi eng qadimiy muzeylardan biri hisoblanadi.
Muzey fondida 350 mingdan ortiq tarixiy eksponat saqlanadi. Rekonstruksiya davomida ekspozitsiya zallari yangilangan, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.
Yana bir yaxshi xabar: 24-26-iyul kunlari "Ochiq eshiklar kuni" doirasida O'zbekiston fuqarolari muzeyga bepul kirishi mumkin. Bu — o'z tariximiz bilan yaqindan tanishish uchun ajoyib imkoniyat.
InfoEdu.uz jurnalistlari mamlakatimizdagi muhim madaniy va ta'limiy tadbirlarni yoritishda davom etadi.
Reklama
















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.