Test sinovlari yakunlandi va statistika aniq. 10 kun davomida qatnashishi belgilangan 664 609 nafar abituriyentdan 610 ming nafardan ortigi ishtirok etdi. Demak, 50 mingdan ortiq abituriyent turli sabablarga kora test sinovlariga kelmagan. Imtihonga kechikkan abituriyent testga kiritilmaydi - bu qoida hamma uchun bir xil amal qilgan.
Nega buncha abituriyent kelmadi? Sabablari turlicha: kimdir kasal boldi, kimdir ruxsatnomasidagi manzilni adashtirdi, yana kimdir kech qoldi. Afsuski, ularning birortasi uchun qayta imtihon o'tkazilmaydi - bu yilgi imkoniyat qoldan boy berildi.
Test tartib-qoidalarini buzgan 70 nafardan ortiq abituriyent esa jarayondan chetlatildi.
Keyingi bosqich
24-iyul kuni songgi kun natijalari elon qilingach, 25-iyuldan 8-avgustgacha abituriyentlar ikkinchi bosqich - OTM, talim yonalishi, talim shakli va ustuvorliklarini tanlashda ishtirok etadi. Yakuniy mandat natijalari tanlov yakunlanganidan song bir hafta ichida elon qilinadi.
InfoEdu.uz jurnalistlari qabul jarayonining barcha bosqichlarida eng ishonchli malumotni birinchi bolib yetkazadi.
Reklama

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.