Maktabda o’qituvchilar yetarli bo’lsa ham direktor yangi o’qituvchi olishga majbur

VM 275-son qaroriga ko’ra o’qituvchilarning 1,5 stavkagacha dars soatlari bo’sh ish o’rni sifatida qayd etilmasligi kerak. Ammo amalda bandlik markazlari direktorlarni yangi o’qituvchi olishga majburlamoqda.

Maktabda o’qituvchilar yetarli bo’lsa ham direktor yangi o’qituvchi olishga majbur

Maktab direktori ikki o't orasida qolgan. Bir tomonda — o'qituvchilar yetarli, darslar taqsimlangan. Ikkinchi tomonda — bandlik markazi "bo'sh ish o'rinlarini to'ldiring" deb talab qilmoqda. Haqiqatan ham direktor maktabda pedagoglar yetarli bo'lsa-da, yangi o'qituvchi olishga majburmi?

Qonunchilikda nima deyilgan

O'qituvchilarning ish vaqti haqida avvalroq yozilgandi. Ikki yil oldin Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qaroriga o'zgartirish kiritilib, unda aniq yozib qo'yilgan: "O'qituvchilarning tarifikatsiya ro'yxati asosida ularga bir yarim stavka miqdorigacha belgilangan dars soatlarining bir stavkadan ortiq bo'lgan qismi bo'sh ish o'rinlari sifatida qayd etilmaydi". Ya'ni, o'qituvchi 20 soat o'rniga 30 soat dars o'tayotgan bo'lsa, ortiqcha 10 soat "vakant ish o'rni" deb hisoblanmasligi kerak.

Ammo mana shu aniq norma ikki yildirki ishlamayapti. Chunki bu qoidaga "qonun hujjatlariga zid" deb baho berilgan. Natijada direktor bir me'yorga amal qilsa, boshqasini buzgan bo'ladi.

Amalda nima bo'lyapti

Hududiy aholi bandligiga ko'maklashish markazlari maktablardan vakant ish o'rinlari ro'yxatini talab qiladi. Direktor "bo'sh ish o'rni yo'q" desa, bandlik bo'limi xodimi "o'qituvchilarga 20 soatdan ortiq dars berish mumkin emas, o'sha ortig'idan olib berasiz" deb majburlaydi.

Vaholanki, 3271-sonli nizom — "Umumta'lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro'yxatlarini shakllantirish tartibi to'g'risida"gi hujjat Adliya vazirligidan ro'yxatdan o'tkazilgan va amaliyotga joriy qilingan. Unda o'qituvchilarga 1,5 stavkagacha dars berishga ruxsat berilgan. Ammo bandlik markazlari bu nizomni tan olmaydi.

Yechim bormi

Bu masala Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi o'rtasida o'zaro kelishuv bilan hal qilinishi mumkin. Lekin ikki yildirki bunday kelishuvga erishilmagan. Oqibatda oddiy pedagoglar jabr ko'rmoqda, direktorlar esa ikki idora o'rtasida siquvda qolmoqda.

InfoEdu.uz jurnalistlari maktab ta'limidagi tizimli muammolarni yoritishda davom etadi.

VM 275-son qaroriga kora oqituvchining 1,5 stavkagacha bolgan dars soatlarining 1 stavkadan ortiq qismi bosh ish orinlari sifatida qayd etilmasligi kerak. Ammo amalda bu norma ishlamayapti.
Qonunchilikka kora majbur emas, lekin bandlik markazlari direktorlarni yangi oqituvchi olishga majburlamoqda. Bu ikki idora ortasidagi kelishmovchilik tufayli yuzaga kelgan muammo.
3271-sonli nizomga kora oqituvchilarga 1,5 stavkagacha (30 soatgacha) dars berishga ruxsat berilgan. Bu nizom Adliya vazirligidan royxatdan otgan va amalda.

Reklama

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar