Test sinovlari yakunlandi, barcha natijalar e'lon qilindi. Endi eng hal qiluvchi bosqich — OTM va yo'nalish tanlash. 25-iyuldan 8-avgustgacha abituriyentlar o'z ballariga mos ravishda 5 tagacha oliy ta'lim tashkiloti va bakalavriat yo'nalishini tanlashi mumkin.
Tanlov tamoyili: avval test, so'ng tanlov
Bu yilgi qabul "avval test – so'ng tanlov" tamoyili asosida amalga oshirilmoqda. Ya'ni abituriyent avval o'z bilimini sinovdan o'tkazdi, endi esa natijasiga qarab ongli tanlov qiladi. Ballar aniq — endi ularga mos keladigan yo'nalishlarni topish kerak.
Bosqichma-bosqich yo'riqnoma
1-qadam: my.uzbmb.uz platformasiga kiring.
2-qadam: "Oliy va kasbiy ta'lim tashkilotlariga qabul" bo'limini tanlab, "Xizmatdan foydalanish" va "OTT tanlash" tugmalarini bosing.
3-qadam: Tanlov ustuvorligini hamda mavjud bo'lsa, maqsadli qabul bo'yicha tanlovni belgilang.
4-qadam: Fanlar majmuasiga mos 5 tagacha ta'lim yo'nalishi va ta'lim shaklini (kunduzgi, kechki, masofaviy) tanlab, "Saqlash" tugmasini bosing.
5-qadam: Telefon raqamingizga yuborilgan SMS-kodni kiritib tanlovni tasdiqlang. "Abituriyent qayd varaqasi" shakllanadi.
Muhim eslatmalar
- Yo'nalishlarni bitta OTM doirasida ham, turli OTMlar kesimida ham tanlash mumkin;
- 8-avgustgacha tanlov ma'lumotlarini istalgan vaqtda o'zgartirish mumkin — muddat tugagach tahrir imkoni bo'lmaydi;
- Tanlashda o'tgan yilgi o'tish ballariga emas, o'z ballingiz va qiziqishingizga asoslaning;
- "Abituriyent qayd varaqasi"ni yuklab olib saqlab qo'ying.
InfoEdu.uz jurnalistlari qabul jarayonining har bir bosqichida aniq yo'l-yo'riq ko'rsatishda davom etadi.
Reklama
















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.