Nega yangi darsliklar OTM testlari uchun tavsiya etilmadi?

DTM nima uchun 6, 7 va 10-sinf yangi darsliklarini OTMga kirish testlari ro‘yxatiga kiritmaganiga izoh berdi. Batafsil ma’lumot maqolada.

5
Nega yangi darsliklar OTM testlari uchun tavsiya etilmadi?

OTMga kirish testlari uchun tavsiya etilgan darsliklar

Davlat test markazi oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlari ro‘yxatini e'lon qildi. Mazkur ro‘yxatda 2022-2023-o‘quv yilida joriy etilgan 6-, 7- va 10-sinf yangi darsliklari o‘rin olmagan.

Nima uchun yangi darsliklar ro‘yxatga kiritilmadi?

Davlat test markazi izohiga ko‘ra, har bir test topshirig‘i davlat ta’lim standartlariga va o‘quv rejadagi fan dasturlariga mos bo‘lishi lozim. Testologiya asoslariga ko‘ra, saralash imtihonlarida qo‘llanadigan testlar sinaluvchilar tomonidan hali o‘zlashtirilmagan o‘quv dasturlari asosida shakllantirilishi mumkin emas. Agar sizga tayyorgarlik uchun adabiyotlar kerak bo‘lsa, maktab darsliklarini yuklab olish sahifasidan foydalanishingiz mumkin.

Asosiy sabab shundaki, umumta’lim maktablarini joriy yilda bitiradigan o‘quvchilar o‘z vaqtida ushbu yangi darsliklar asosida ta’lim olmagan. Shu sababli 2023-yilgi test sinovlarida eski darsliklar majmuasidan foydalaniladi.

  • Test topshiriqlari o‘quvchilar o‘zlashtirgan dasturlar asosida tuziladi;
  • Yangi darsliklar bosqichma-bosqich imtihon tizimiga kiritiladi;
  • Abituriyentlar tavsiya etilgan ro‘yxatdagi kitoblardan foydalanishlari shart.

Imtihon jarayonlari va oliygohlar kirish ballari haqidagi eng so‘nggi yangiliklarni bizning saytimizda kuzatib boring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar