METI Government of Japan amaliyot dasturi nima?
METI Government of Japan (Japan Internship Program) — bu Yaponiyada tajribali, bilimli va yuqori salohiyatga ega bo‘lgan talabalar hamda bitiruvchilar uchun mo‘ljallangan 2 oylik nufuzli amaliyot dasturidir. Dastur doirasida jami 200 ga yaqin xalqaro amaliyotchi tanlab olinadi.
Dasturga kimlar topshirishi mumkin?
Mazkur dasturda O‘zbekiston fuqarolari ham ishtirok etishi mumkin. Agar siz talabalar uchun foydali imkoniyatlarni izlayotgan bo‘lsangiz, bu dastur aynan siz uchun. Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
- Belgilangan davlatlar fuqarosi bo‘lish;
- Kuniga 4 soatdan haftada 5 kun ishlash imkoniyati;
- Yapon tili (N3 daraja) yoki biznes darajasidagi ingliz tili sertifikati.
Qabul muddatlari va kurs turlari
Dastur yiliga ikki marotaba tashkil etiladi:
- Course A: 4-maydan 30-iyungacha (Hindiston, Kambodja, Indoneziya, Malayziya, Tailand, Vietnamda o‘tadi).
- Course B: 4-maydan 31-avgustgacha (onlayn formatda).
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumotlar bazasini ham kuzatib borishingiz mumkin.
Kerakli hujjatlar va ro‘yxatdan o‘tish
Nomzodlar rasmiy web sahifa orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. Kerakli hujjatlar ro‘yxati:
- Talabalar uchun tavsiyanoma;
- Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom ilovasi;
- Qo‘shimcha sertifikatlar (mavjud bo‘lsa);
- Ushbu ro‘yxatdagi davlat fuqaroligi tasdig‘i.
Dasturning afzalliklari
- Course A uchun kunlik 40 000 Yen (taxminan 365 $) to‘lov;
- Sug‘urta va texnik vositalar (PC, Wifi, telefon) bilan ta’minlanish;
- Xalqaro ish muhitida tajriba orttirish.
Batafsil ma’lumotni dasturning rasmiy sayti orqali olishingiz mumkin.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.