US-CAEF grant dasturi: Markaziy Osiyoda bepul ta'lim
Markaziy Osiyodagi Amerika Universitetida (AUCA) bakalavriat bosqichida tahsil olishni istaysizmi? US-CAEF grant dasturi biznes boshqaruvi, iqtisodiyot va IT yo'nalishlarida to'rt yillik ta'lim uchun moliyaviy yordam taqdim etadi.
Grant dasturi qanday imtiyozlarni beradi?
Ushbu grant nafaqat kontrakt to'lovini, balki quyidagilarni ham qoplaydi:
- Turar joy bilan ta'minlash;
- Borish-qaytish yo'l xarajatlari;
- Oylik stipendiya;
- Kasbiy rivojlanish treninglari va xalqaro seminarlar.
Bu imkoniyatlar abituriyentlar uchun kelajakda yetakchi tadbirkor bo'lib yetishishda muhim poydevor hisoblanadi.
Tanlovda ishtirok etish shartlari
Dasturda qatnashish uchun quyidagi talablarga javob berishingiz kerak:
- O'zbekiston fuqarosi bo'lish;
- Maktab yoki litsey/kollej bitiruvchisi bo'lish;
- Moliyaviy yordamga muhtojlik;
- Ingliz tilini yaxshi bilish (TOEFL/IELTS bo'lmasa, ichki imtihon olinadi).
Eslatib o'tamiz, har bir talaba tanlagan yo'nalishi bo'yicha kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlarga ega bo'lishi maqsadga muvofiqdir.
Dastur AQSh Davlat Departamenti tomonidan moliyalashtiriladi va Xalqaro Ta'lim uchun Amerika Kengashlari tomonidan boshqariladi.
Oxirgi muddat: 2021-yil 11-yanvar

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.