Qisqacha mazmun:
Barqaror hududiy rivojlanish dasturi stipendiyasi Tugash muddati: 2022-yil, 26-aprel.
Tashkilotchilar 20 ta stipendiya taklif qiladi.
Kerakli hujjatlar: 1) Pasport yoki ID nusxasi.
Barqaror hududiy rivojlanish dasturi stipendiyasi
Tugash muddati: 2022-yil, 26-aprel.
Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan davlatlardan bo‘lgan talabalar uchun yangi STeDe (Barqaror hududiy rivojlanish) magistrlik stipendiyalariga arizalar qabul qilinmoqda. O‘qish 2022-yil sentyabr oyidan boshlanadi. Tashkilotchilar 20 ta stipendiya taklif qiladi.
STeDe talabalarga 2 yillik magistratura dasturini taklif etadi (120 kredit soat). Butun kurs va o‘qish 7 ta universitetda bo‘lib o‘tadi (har bir talaba 3 xil davlatda o‘qiydi):
1-semestr – Università di Padova (Italiya)
2-semestr - K.U. Leuven (Belgiya)
3-semestr – Université Paris (Fransiya)
4 semestr - Panthéon-Sorbonne (Fransiya) yoki boshqa Yevropa universitetida.
Stipendiya miqdori: 24,000€ - butun magistratura dasturi uchun (stipendiya har oy to‘lanadi). Talabalar transport xarajatlarini to‘lash uchun grant olishga ham ariza topshirishlari mumkin.
Kerakli hujjatlar:
1) Pasport yoki ID nusxasi.
2) Yashash joyini tasdiqlovchi hujjat.
3) Diplom(lar) va boshqa mukofot sertifikat(lar)i + AGAR mavjud bo'lsa, diplom ilovasi nusxasi.
4) Transkript nusxasi.
5) 2 ta tavsifnoma (reference letter) nusxasi.
6) CV (FAQAT Europass formati, shablonni yuklab oling).
7) Ingliz tilida to‘ldiriladigan shaxsiy bayonot (shablonni yuklab oling).
8) Til bilish bo'yicha diplomlar yoki sertifikatlar (agar mavjud bo'lsa).
Barcha hujjatlar *.pdf shaklida topshirilishi lozim.
Ushbu ma'lumotlar rasmiy manbalardan olingan.























Javoblar (0 )