Kollej va texnikumlarga qabul jarayoni uzaytirildi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan berilgan rasmiy xabarga ko‘ra, kollej va texnikumlarga abituriyentlar hujjatlarini onlayn qabul qilish muddati 20-oktyabrga qadar uzaytirildi. Ushbu qaror ko‘plab yoshlar va ota-onalarning murojaatlari, shuningdek, oliygohlar kirish ballari yetarli bo‘lmagan abituriyentlarga ta’lim olish imkoniyatini yaratish maqsadida qabul qilindi.
Hujjatlarni qanday topshirish kerak?
Abituriyentlar o‘z hujjatlarini quyidagi elektron platformalar orqali masofaviy tarzda yuborishlari mumkin:
- Kollejlar uchun: www.kollej.edu.uz
- Texnikumlar uchun: www.texnikum.edu.uz
Eslatma: Yuridik texnikumlar ushbu qabul tartibidan mustasno.
Kerakli hujjatlar ro‘yxati
Elektron platforma orqali quyidagi hujjatlarning elektron nusxalarini yuklash talab etiladi:
- Elektron ariza;
- Pasport nusxasi;
- 11-sinf attestati yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasi diplomi;
- 3x4 o‘lchamdagi fotosurat.
Qo‘shimcha ma’lumotlar va abituriyentlar uchun foydali maslahatlarni bizning saytimizda kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.