Kanada universitetida grant: Winnipeg University Scholarship

Kanadaning Winnipeg universiteti xalqaro talabalar uchun 5000 dollarlik grant dasturini e’lon qildi. Bakalavr va magistratura uchun ariza topshirish tartibi bilan tanishing.

4
Kanada universitetida grant: Winnipeg University Scholarship

Winnipeg universitetida grant yutib olish imkoniyati

Kanadada ta'lim olishni istagan talabalar uchun ajoyib yangilik! Winnipeg universiteti (UWinnipeg) xalqaro talabalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida The University of Winnipeg President’s Scholarship for World Leaders grant dasturiga qabul boshlanganini e'lon qildi.

Universitet va grant dasturi haqida

Winnipeg universiteti Kanadaning Manitoba shahridagi nufuzli davlat tadqiqot universiteti hisoblanadi. U san’at, biznes, iqtisodiyot, fan va amaliy sog‘liqni saqlash kabi ko‘plab sohalarda bakalavr va magistratura dasturlarini taklif etadi. Agar siz abituriyentlar uchun mo'ljallangan xorijiy grantlarni qidirayotgan bo'lsangiz, ushbu dastur siz uchun ayni muddao.

See the source image

Dastur doirasida g‘olib bo‘lgan talabalarga 5000 Kanada dollari miqdorida bir martalik stipendiya ajratiladi. Bu mablag' to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘quv to‘lovlarini qoplashga yo‘naltiriladi.

Grant talablari

  • Nomzod xalqaro talaba bo‘lishi shart;
  • Akademik ko‘rsatkichlar (GPA) 80% va undan yuqori bo‘lishi kerak;
  • Universitetning bakalavr yoki magistratura dasturlaridan biriga qabul qilingan bo‘lish;
  • Yetakchilik qobiliyatlarini namoyon eta olish.

Ariza topshirish jarayoni

Grantga ariza topshirish uchun avvalo bakalavr yoki magistratura dasturlariga hujjat topshirib, qabul qilinishingiz kerak. Shundan so‘ng, bu yerdan grant uchun online ariza shaklini yuklab olib, to‘ldiring.

Kerakli hujjatlar

  • CV (tarjimai hol);
  • 250-300 so‘zdan iborat shaxsiy bayonot xati (Personal Statement);
  • Ikkita tavsiyanoma (ko‘ngillilar faoliyati yoki jamoat ishlaridagi ishtirokni tasdiqlovchi).

Barcha hujjatlarni bitta PDF fayl shaklida [email protected] elektron manziliga yuborishingiz kerak. Talabalar uchun xorijda o'qish imkoniyatlari haqida ko'proq ma'lumot olishni istasangiz, saytimizdagi boshqa maqolalarni ham kuzatib boring.

Tugash muddati – 2021-yil 1-iyun. Batafsil ma'lumotni rasmiy sahifada ko'rishingiz mumkin.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar