Ozarbayjon hukumati grant dasturi: To‘liq moliyalashtiriluvchi ta’lim
Ozarbayjon hukumati xorijiy davlatlar fuqarolari, jumladan, O‘zbekiston yoshlari uchun nufuzli oliygohlarda bakalavriat, magistratura, doktorantura va rezidentura bosqichlarida to‘liq moliyalashtiriluvchi grant dasturlarini e’lon qildi. Bu abituriyentlar uchun ajoyib imkoniyatdir.

Grantning asosiy afzalliklari
- To‘liq kontrakt to‘lovidan ozod etilish;
- Xalqaro aviachiptalar xarajatlarini qoplash;
- Oylik stipendiya (800 AZN = $475) – ovqatlanish va turar joy uchun;
- Tibbiy sug‘urta, viza va ro‘yxatdan o‘tish xarajatlaridan ozod etilish.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
- Bakalavr uchun: 25 yoshdan kichik;
- Magistratura uchun: 30 yoshdan kichik;
- Doktorantura uchun: 40 yoshdan kichik.
Kerakli hujjatlar ro‘yxati
- To‘ldirilgan ariza shakli;
- Diplom yoki transkriptlar;
- Pasport nusxasi;
- Tibbiy ma’lumotnoma (OIV/OITS, Gepatit B va C);
- CV/Rezyume va Motivatsiya xati.
Ushbu dastur talabalar uchun o‘z bilimlarini xalqaro darajada oshirishga yordam beradi. Batafsil ma’lumot va yo‘riqnomalar bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:
Hujjat topshirish yo‘riqnomasi | Muvofiq davlatlar ro‘yxati | Ozarbayjondagi universitetlar ro‘yxati | Tez-tez so‘raladigan savollar
Murojaat uchun:
Email: [email protected] | Telefon: +994 12 596 93 76

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.