Loewe Foundation hunarmandchilik tanlovi: 5000 yevro yutib oling

Loewe Foundation hunarmandlar uchun xalqaro tanlov e’lon qildi. 5000 yevro mukofot va Seuldagi ko’rgazmada ishtirok etish imkoniyatini qo’lga kiriting.

5
Loewe Foundation hunarmandchilik tanlovi: 5000 yevro yutib oling

Loewe Foundation hunarmandchilik tanlovi: Ijodkorlar uchun imkoniyat

Loewe Foundation iqtidorli va innovatsion hunarmandlar uchun o'zining nufuzli tanlovini e'lon qiladi. Bu professional hunarmandlar uchun o'z mahoratini xalqaro miqyosda namoyish etish va 5000 yevro miqdoridagi mukofotni qo'lga kiritish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Tanlov shartlari va talablar

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Ishtirokchilar 18 yoshdan yuqori bo'lishi va hunarmandchilik bilan professional darajada shug'ullanishi;
  • Ishlanmalar kulolchilik, zargarlik, to'qimachilik, shishasozlik, metallsozlik yoki boshqa amaliy san'at turlariga oid bo'lishi;
  • Ijodiy ishlar so'nggi 5 yil ichida yaratilgan va avval boshqa ko'rgazmalarda g'olib bo'lmagan bo'lishi shart;
  • Barcha hujjatlar va ishlar haqidagi ma'lumotlar ingliz tilida taqdim etilishi lozim.

Qanday qatnashish kerak?

Tanlovga yakka tartibda yoki guruh bo'lib ishtirok etish mumkin. Batafsil ma'lumot va ishtirok etish qoidalari bilan SHU YERDA tanishishingiz mumkin.

Kerakli hujjatlar ro'yxati

Ishtirokchilar quyidagi ma'lumotlarni taqdim etishlari kerak:

  • Ishtirokchi haqida ma'lumotlar va qisqacha tarjimayi hol (CV);
  • Eng yaxshi 5 ta ishdan iborat portfolio;
  • Ishlanmaning texnik tavsifi (hajmi, xom-ashyosi, og'irligi va qiymati);
  • Ishlarning 2-5 ta yuqori sifatli fotosurati (jpg/png, 800x600 px, 2MB);
  • Ishlanma haqida 200 so'zdan oshmagan qisqacha ma'lumot.

Tanlov natijalari bahor faslida e'lon qilinadi. Qo'shimcha ma'lumotlar uchun rasmiy saytga tashrif buyuring.

Ta'lim va ijodiy yo'nalishlar bo'yicha yangiliklardan xabardor bo'lish uchun kirish ballari yo'nalishlar kesimida hamda talabalar uchun foydali maqolalarimizni kuzatib boring.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblar bilan BATAFSIL tanishing.

Manba: infoedu.uz sayti ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar