Nodavlat OTMlar faoliyati tugatiladimi?
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining ishga joylashmagan bitiruvchilari ko‘p bo‘lgan nodavlat oliy taʼlim muassasalari (OTM) faoliyatini tugatish masalasi ko‘rib chiqilishi haqidagi ogohlantirishi jamoatchilikda qizg‘in bahslarga sabab bo‘ldi.
Vazirlik munosabati va huquqiy asoslar
Muhokamalar avj olgach, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi holat yuzasidan rasmiy izoh berdi. Amaldagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, nodavlat oliy taʼlim tashkiloti litsenziyasini bekor qilish faqat sud qarori asosida amalga oshirilishi mumkin.
Hozirgi kunda biron-bir huquqiy-me’yoriy hujjatda “ishga joylashmagan bitiruvchilari ko‘p bo‘lgan ta’lim muassasasi sifatsiz deb topilib, yopilishi kerak” degan norma mavjud emas.
Talabalar xavotirga tushishi kerakmi?
- Aksariyat nodavlat OTMlar yaqinda tashkil etilgan bo‘lib, ularning birinchi bitiruvchilari chiqishiga hali vaqt bor.
- Sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talabalarning katta qismi allaqachon mehnat faoliyati bilan band.
Shu sababli, nodavlat oliygohlarda tahsil olayotgan talabalar xavotirlanmasdan o‘qishlarini davom ettirishlari mumkin. Talabalar uchun dolzarb ma’lumotlarni kuzatib borishni tavsiya etamiz.
Qo‘shimcha ma’lumotlar
Ta’lim sohasidagi yangiliklar va kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumotlar bilan tanishib, o‘z kelajagingizni to‘g‘ri rejalashtiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.