Nodavlat OTMdan ko’chish uchun endi uzrli sabab kerak

Endi nodavlat OTMdan boshqa nodavlat OTMga o’qishni ko’chirish uchun ham uzrli sabab talab etiladi. Vazirlik jarayonni to’liq nazorat qiladi.

Nodavlat OTMdan ko’chish uchun endi uzrli sabab kerak

Nodavlat oliygohdan boshqa nodavlat oliygohga o'qishni ko'chirish uchun endi uzrli sabab talab etiladi. Bu talaba uchun kutilmagan yangilik bo'ldi.

Nimalar o'zgardi

Avvalgi yillarda nodavlat OTMlar o'rtasida o'qishni ko'chirish o'sha OTMning ichki qabul tartibi asosida amalga oshirilar, vazirlik bunga aralashmas edi. Endilikda vazirlik bu jarayonni to'liq nazorat qiladi.

Yangi tartibga ko'ra, nodavlat OTMlar o'rtasidagi o'qishni ko'chirish jarayoni davlat OTMlari o'rtasidagi ko'chirish tartibi kabi amalga oshiriladi. Talaba onlayn ariza orqali uzrli sababni ko'rsatishi va tasdiqlovchi hujjatlarni yuklashi kerak.

Qanday uzrli sabablar qabul qilinadi

  • oilaviy sharoit (turmush o'rtog'i yashaydigan hududga ko'chish)
  • ota-onaning ish joyi o'zgarishi
  • boshqa uzrli holatlar (batafsil asoslash talab etiladi)

Nodavlat OTMdan davlat OTMga o'qishni ko'chirish tartibi haqida avvalroq batafsil yoritilgan edi.

Yaqin kelajakda abituriyentlarni qabul qilish ham yangi qoidalar asosida amalga oshirilishi mumkin.

Ta'lim sohasidagi eng dolzarb yangiliklar va rasmiy e'lonlarni InfoEdu.uz saytida o'qishingiz mumkin.

Endi nodavlat OTMlar ortasida oqishni kochirish uchun uzrli sabab talab etiladi. Jarayon vazirlik nazoratida, onlayn ariza orqali amalga oshiriladi.
Avval nodavlat OTMlar ortasida kochish OTMning ichki qabul tartibi asosida amalga oshirilar, vazirlik bunga aralashmas edi. Endi jarayon davlat OTMlari kabi nazorat qilinadi.
Talaba akademik malumotnoma yoki reyting daftarchasi nusxasini yuklashi, uzrli sababni batafsil yozishi va arizani onlayn tizim orqali topshirishi kerak.

Reklama

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar