Science Without Borders: Xalqaro san’at tanlovida qatnashing
Ta’lim sohasidagi eng qiziqarli yangiliklardan biri — Science Without Borders Challenge xalqaro tanlovi boshlandi. Ushbu musobaqa yosh ijodkorlarga o‘z iqtidorini namoyish etish va qimmatbaho pul mukofotlarini qo‘lga kiritish imkonini beradi.
Tanlov shartlari va sovrinlar
Tanlov 11-19 yosh oralig‘idagi barcha maktab o‘quvchilari uchun ochiq. G‘oliblar quyidagi stipendiyalar bilan taqdirlanadi:
- 1-o‘rin: $500 AQSH dollari
- 2-o‘rin: $350 AQSH dollari
- 3-o‘rin: $200 AQSH dollari
- Barcha ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim etiladi.
Eslatma: Ushbu tanlovda kollej va universitet talabalari qatnasha olmaydi. Agar siz maktab o‘quvchisi bo‘lsangiz, maktab darsliklari orqali o‘z bilimingizni mustahkamlab, ijodiy jarayonga tayyorgarlik ko‘rishingiz mumkin.
Bu yilgi mavzu: "Ridge to Reef"
2024-yilgi tanlov mavzusi "Ridge to Reef" deb nomlanadi. Ishtirokchilar quruqlikdan dengizgacha bo‘lgan ekotizimlar, xususan, marjon riflarini (coral reefs) saqlab qolish mavzusida san’at asarini yaratishlari kerak. Batafsil ma’lumotlarni rasmiy sayt orqali o‘rganishingiz mumkin.
Baholash mezonlari
Ishlar rassomlar va olimlardan iborat hakamlar hay’ati tomonidan quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
- Mavzuni tushunish va aks ettirish darajasi;
- San’at elementlaridan (chiziq, shakl, kompozitsiya, rang) samarali foydalanish;
- Asarning o‘ziga xosligi va ijodkorning individual uslubi;
- Ishning tozaligi va tomoshabinda uyg‘otadigan hissiyotlari.
Qo‘shimcha ma’lumotlar va abituriyentlar uchun foydali resurslar bilan tanishish uchun portalimizni kuzatib boring.
Oxirgi muddat: 2022-yil 7-mart, 23:59 (ET).

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.