Germaniyada oliy ta’lim mutlaqo bepulmi?
Germaniya xalqaro talabalar uchun bepul ta’lim beruvchi sanoqli davlatlardan biri sanaladi. Biroq, ta’lim mutlaqo bepul emas. Aksariyat universitetlarda o‘quv to‘lovi (tuition fee) yo‘q bo‘lsa-da, talabalar har semestrda ma’muriy xarajatlar uchun semestr to‘lovi (semester fee) to‘lashlari shart. Bu to‘lov odatda 250 yevrogacha bo‘ladi.
Germaniyada ingliz tilida magistratura
Germaniya universitetlari ingliz tilidagi ko‘plab magistratura dasturlarini taklif etadi. Ruhr-Universität Bochum (RUB) — 42 mingdan ortiq talabasi bor Germaniyaning yetakchi oliygohlaridan biri. Universitet dunyo reytingida #251-300 o‘rinlarni egallaydi. Talabalar uchun xorijda ta’lim olish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni saytimizdan olishingiz mumkin.
Master Cognitive Science dasturi
RUB taklif etayotgan Master Cognitive Science (MSc) dasturi ingliz tilida olib boriladi va 4 semestr davom etadi. Dastur uchun o‘quv to‘lovi bepul.
Kerakli hujjatlar va qabul
Qabul jarayoni odatda may oyi o‘rtalarida boshlanib, 15-iyulgacha davom etadi. Nomzodlardan quyidagilar talab qilinadi:
- Bakalavr diplomi (tegishli sohalar bo‘yicha);
- Pasport nusxasi;
- IELTS (kamida 6.5 ball);
- Motivatsion xat;
- Kollej yoki litsey diplomi.
O‘zingizni qiziqtirgan boshqa yo‘nalishlar kesimida kirish ballari va ma’lumotlar bilan saytimizda tanishishingiz mumkin.

Onlayn ariza topshirish uchun universitetning rasmiy portaliga o‘ting.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.