Disney kompaniyasida 1 yillik amaliyot dasturi
Walt Disney Company Ltd dunyodagi eng nufuzli ish beruvchilardan biri bo'lib, o'z jamoasiga yangi amaliyotchilarni qabul qiladi. Bu dastur sizga global biznes muhitida tajriba orttirish va martabangizni rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Dastur tafsilotlari va shartlari
Dastur davomiyligi 12 oyni tashkil etadi. Walt Disney teng imkoniyatli ish beruvchi sifatida nomzodlarning jinsi, millati, dini yoki jismoniy holatidan qat'i nazar, barcha uchun ochiq eshiklar siyosatini yuritadi.
Nomzodlar uchun talablar
- Raqamli ommaviy axborot vositalariga katta qiziqish;
- Tafsilotlarga e'tibor va bosim ostida ishlash qobiliyati;
- Professional muloqot ko'nikmalari;
- MS Office dasturlarini mukammal bilish;
- Buyuk Britaniyada ishlash huquqiga ega bo'lish;
- Multimediya yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan bo'lish.
Amaliyotning afzalliklari
- Yillik ish haqi: 21 000 funt sterling;
- 25 kunlik ta'til;
- Disney mahsulotlariga maxsus chegirmalar;
- Global biznes tizimini o'rganish imkoniyati.
Arizalarni topshirish jarayoni
Dasturda ishtirok etish uchun arizangizni topshirishingiz kerak. Kerakli hujjatlar: CV va 400 so'zdan iborat motivatsion xat. Batafsil ma'lumot uchun ushbu yo‘riqnoma bilan tanishib chiqing.
Ta'lim va karyera bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar uchun talabalar uchun bo'limimizni kuzatib boring yoki abituriyentlar uchun foydali maslahatlarni o'qing.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.