Oxford universitetida bepul magistratura imkoniyati
Oksford universiteti tomonidan taqdim etilayotgan The Oxford-Weidenfeld and Hoffman Scholarship and Leadership Programme dasturi O‘zbekistonlik iqtidorli yoshlar uchun ajoyib imkoniyatdir. Ushbu grant dasturi Afrika, Osiyo va Janubiy Amerikadan kelgan yetakchi talabalarga magistratura bosqichida bepul ta’lim olish imkonini beradi.
Dasturning afzalliklari
Dastur g‘oliblari nafaqat bepul o‘qish huquqiga ega bo‘ladilar, balki yashash xarajatlari uchun kamida £15,609 miqdorida stipendiya bilan ham ta’minlanadilar. Bu talabalar uchun xalqaro darajada sifatli ta’lim olish yo‘lidagi katta qadamdir.
Asosiy talablar
- Nomzod O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi va bakalavr bosqichini yakunlagan bo‘lishi shart.
- Oksford universitetining rasmiy saytida ko‘rsatilgan kurslar bo‘yicha ariza topshirish.
- Kuchli akademik bilim va jamiyatda yetakchilik qobiliyatiga ega bo‘lish.
- Dastur yakunlangach, o‘z vatani rivojiga hissa qo‘shish uchun yurtiga qaytish.
Ariza topshirish tartibi
Grantga ariza topshirishdan avval, Oksford universitetining magistratura bosqichiga dekabr oyigacha hujjat topshirish zarur. Abituriyentlar uchun barcha yo‘riqnomalar universitetning rasmiy kurslar ro‘yxati sahifasida keltirilgan. Shuningdek, shu hujjatni to‘ldirish talab etiladi.
Saralashdan o‘tgan nomzodlar bilan onlayn intervyu o‘tkaziladi. Qo‘shimcha savollar uchun [email protected] manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.