2024-2025 o’quv yili: Test savollari soni va baholash tartibi

2024-2025-o‘quv yili uchun OTMlarga kirish imtihonlarida tushadigan test savollari soni va baholash mezonlari bilan tanishing. Maksimal ball qancha?

3
2024-2025 o’quv yili: Test savollari soni va baholash tartibi

2024-2025-o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlari soni va baholash mezoni tasdiqlandi. Abituriyentlar uchun abituriyentlar uchun mo‘ljallangan ushbu yangilik imtihonga tayyorgarlik ko‘rishda muhim ahamiyatga ega.

Test topshiriqlari soni va baholash tartibi

Joriy yilda imtihonlar umumiy 5 ta fan bo‘yicha o‘tkaziladi. Test topshiriqlari quyidagi tartibda baholanadi:

Majburiy 3 ta fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi):

  • Har bir fandan 10 tadan, jami 30 ta test topshirig‘i;
  • Har bir to‘g‘ri javob uchun — 1,1 ball;
  • Maksimal ball — 33 ball.

1-mutaxassislik fani:

  • Test topshiriqlari soni — 30 ta;
  • Har bir to‘g‘ri javob uchun — 3,1 ball;
  • Maksimal ball — 93 ball.

2-mutaxassislik fani:

  • Test topshiriqlari soni — 30 ta;
  • Har bir to‘g‘ri javob uchun — 2,1 ball;
  • Maksimal ball — 63 ball.

Umumiy hisobda 5 ta fan bo‘yicha 90 ta test savoli tushadi va to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi. O‘zingiz tanlagan kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar