AQShda bepul o‘qish: Warren Wilson kolleji grant dasturi

AQShning Warren Wilson kollejida bakalavr bosqichida bepul o‘qish imkonini beruvchi Milepost One grant dasturi haqida batafsil ma’lumot.

4
AQShda bepul o‘qish: Warren Wilson kolleji grant dasturi

AQShda bepul ta’lim: Warren Wilson kolleji grant dasturi

AQShning nufuzli Warren Wilson kolleji xalqaro va mahalliy talabalar uchun ajoyib imkoniyatni taqdim etmoqda. Bakalavr bosqichida tahsil olishni istagan yoshlar uchun Milepost One scholarship dasturi to‘liq kontrakt to‘lovidan ozod bo‘lish imkonini beradi.

Milepost One dasturi haqida

Ushbu dastur doirasida qabul qilingan 25 nafar talaba 4 yil davomida o‘qish kontraktidan to‘liq ozod etiladi. Bu AQShda sifatli ta’lim olishni rejalashtirgan abituriyentlar uchun ajoyib imkoniyatdir.

Asosiy talablar

  • Warren Wilson kollejining bakalavr bosqichiga qabul qilingan bo‘lish;
  • Akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA) kamida 3.0 bo‘lishi;
  • Oila yillik daromadining $125 000 dan oshmasligi;
  • Universitet yotoqxonasida yashash va Warren Wilson Work Program dasturida qatnashish;
  • FASFA hujjatini ariza muddati tugagunga qadar taqdim etish;
  • O‘qish davomida GPA ko‘rsatkichini 2.5 dan pastga tushirmaslik.

Qanday qilib ariza topshirish mumkin?

Dasturga ariza topshirish va batafsil ma’lumotlar bilan tanishish uchun universitetning rasmiy saytiga o‘ting. Qo‘shimcha ma’lumotlar va talabalar uchun foydali maslahatlarni infoedu.uz saytidan kuzatib boring.

Ariza topshirish uchun: Rasmiy ariza sahifasi

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar