Florida Xalqaro Universiteti (FIU) xalqaro talabalar uchun grant dasturlari
AQShning Mayami shahridagi nufuzli Florida Xalqaro Universiteti (FIU) yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega xalqaro talabalar uchun First-Year Merit Awards grant dasturiga qabul boshlanganini e’lon qiladi. Bu dastur o‘z kelajagini xalqaro darajadagi ta’lim bilan bog‘lamoqchi bo‘lgan abituriyentlar uchun ajoyib imkoniyatdir.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?
- Barcha mamlakat fuqarolari;
- FIU bakalavr dasturlariga hujjat topshirgan birinchi bosqich talabalari;
- Yuqori akademik natijalarga ega nomzodlar.
Grant turlari va imtiyozlar
Grantlar ikki toifada taqdim etiladi:
- Presidential Premier: 4.0 GPA va 1370 SAT (yoki 30 ACT) ball bilan o‘quv to‘lovidan 100% ozod etilish va qo‘shimcha stipendiya;
- Ambassador Premier: 4.0 GPA va 1280 SAT (yoki 27 ACT) ball bilan o‘quv to‘lovidan 75% ozod etilish va stipendiya.
Hujjat topshirish tartibi
Nomzodlar avval FIU rasmiy sayti orqali universitetga qabul qilinishi, so‘ngra MyFIU portali orqali "Student E-Forms" bo‘limida "Merit Awards Appeal Form"ni to‘ldirishlari kerak. Shuningdek, talabalar talabalar uchun muhim bo‘lgan motivatsion xat, tavsiyanomalar va rezyumeni tayyorlashlari talab etiladi.
Kerakli til sertifikatlari
- TOEFL iBT: 80
- TOEFL PBT: 550
- IELTS: 6.5
Batafsil ma'lumot uchun rasmiy saytga tashrif buyuring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.