AQSHda bepul o’qish: Konkordiya universitetida 22 000$ grant

AQSHning Konkordiya universitetida bakalavr bosqichida o’qish uchun 22 000 AQSh dollarigacha bo’lgan grant dasturiga qanday ariza topshirishni bilib oling.

3
AQSHda bepul o’qish: Konkordiya universitetida 22 000$ grant

AQSH: Bakalavr bosqichida o‘qish uchun 22 000 AQSh dollarlik grant dasturi

AQSHda ta'lim olishni orzu qilgan xalqaro talabalar uchun ajoyib imkoniyat! Viskonsin shtatidagi nufuzli Concordia University Wisconsin (CUW) o‘zining bakalavr dasturlari uchun 22 000 AQSh dollarigacha bo‘lgan grantlarni e’lon qildi.

See the source image

Universitet dunyo universitetlari reytingida yuqori o‘rinlardan birini egallaydi. Oliygohlar haqida ko'proq ma'lumot olish va o'z kelajagingizni rejalashtirish uchun saytimizdagi ma'lumotlardan foydalanishingiz mumkin.

Grant dasturi talablari

  • Nomzodlar xalqaro talabalar bo‘lishi shart;
  • Universitetning bakalavr kurslaridan biriga rasman qabul qilingan bo‘lishi kerak;
  • GPA darajasi 4.0 ballik tizimda kamida 2.5 bo‘lishi talab etiladi.

Til talablari

Nomzodlar quyidagi til sertifikatlaridan biriga ega bo‘lishi kerak:

  • TOEFL – 61
  • IELTS – 6.0
  • PTE – 55
  • Duolingo – 90

Ariza topshirish va hujjatlar

Dasturga ariza berish uchun onlayn ariza shaklini to‘ldiring. Abituriyentlar uchun kerakli bo'lgan asosiy hujjatlar ro'yxati:

  • Ariza formasi;
  • Diplom yoki shahodatnoma (ingliz tiliga tarjimasi bilan);
  • Tavsiya xatlari;
  • Moliyaviy ta’minotni tasdiqlovchi hujjat;
  • Shaxsiy bayonot (Personal Statement) va rezyume.

Grantning manfaatli jihatlari

Grant miqdori nomzodning akademik ko‘rsatkichlariga bog‘liq: ACT yoki SAT sertifikatiga ega bo‘lmaganlar 12 000 AQSh dollarigacha, ushbu imtihonlarni topshirganlar esa har bir o‘quv yili uchun 22 000 AQSh dollarigacha moliyaviy yordam olishlari mumkin. Batafsil ma'lumot uchun universitet rasmiy saytiga tashrif buyuring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar