AQSHda to’liq grant: IUPUI universitetida bepul ta’lim

AQSHning IUPUI universitetida bakalavriat uchun to’liq grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Bepul turar joy, sug’urta va stipendiya imkoniyatini qo’lga kiriting.

4
AQSHda to’liq grant: IUPUI universitetida bepul ta’lim

AQSHda bakalavriat: Bepko Scholars Program grant dasturi

Amerika Qo'shma Shtatlarining Indiana shtatida joylashgan Indiana University and Purdue University (IUPUI) 2020-2021-o'quv yili uchun xalqaro talabalarni grant dasturiga taklif qilmoqda. Bu abituriyentlar uchun ajoyib imkoniyatdir.

Grantning afzalliklari

Bepko Scholars Program dasturi doirasida talabalarga quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:

  • To'liq kontrakt to'lovi qoplab beriladi (taxminan 31 278 USD).
  • Yashash, oziq-ovqat va o'quv qurollari uchun moliyaviy yordam.
  • Tibbiy sug'urta xarajatlari qoplanadi.

Grant to'rt yilgacha bo'lgan muddatga mo'ljallangan va Honors College talabalari uchun ajratilgan.

Qanday hujjat topshirish kerak?

O'qish va grantga hujjat topshirishning oxirgi muddati — 2020-yil 15-noyabr. Ariza jarayoni to'liq onlayn tarzda amalga oshiriladi. Batafsil ma'lumotlar va talabalar uchun foydali qo'llanmalar bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz.

Foydali havolalar:

Ma'lumot uchun: [email protected]

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar