Fulbright dasturi: AQShda magistratura uchun to‘liq grant
AQShda magistratura bosqichini o‘qishni maqsad qilgan o‘zbekistonlik yoshlar uchun Fulbright Foreign Student Program arizalar qabulini boshladi. Bu dastur nafaqat o‘qish to‘lovini, balki yashash xarajatlari va yo‘l kirani ham qoplaydi.
Agar siz talabalar uchun xalqaro imkoniyatlarni izlayotgan bo‘lsangiz, ushbu grant ayni muddao.
Grantning afzalliklari
Dastur g‘oliblari quyidagi imtiyozlarga ega bo‘lishadi:
- O‘qish to‘lovi va barcha akademik to‘lovlar qoplanadi.
- Oylik stipendiya va tibbiy sug‘urta taqdim etiladi.
- J-1 vizasini olishda ko‘mak beriladi.
- O‘quv qurollari uchun mablag‘ ajratiladi.
- O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida borib-kelish aviachiptasi ta’minlanadi.
Kimlar hujjat topshira oladi?
Grantga nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi va ayni vaqtda O‘zbekistonda istiqomat qilishi.
- Bakalavrlik diplomiga ega bo‘lish.
- Kamida 2 yillik ish tajribasi.
- Ingliz tilini yuqori darajada bilish (TOEFL va GRE/GMAT sertifikatlari talab etiladi, biroq hujjat topshirish vaqtida bo‘lmasa ham ruxsat beriladi).
Eslatib o‘tamiz, kirish ballari yo'nalishlar kesimida tanishib chiqish, kelajakda magistratura tanlovida to‘g‘ri yo‘nalishni belgilashda yordam beradi.
Hujjatlar ro‘yxati
Asosiy hujjatlar qatoriga quyidagilar kiradi:
- Bakalavriat diplomi va ilovasi.
- 3 ta tavsiyanoma.
- TOEFL va GRE/GMAT sertifikatlari.
- CV, o‘qish rejasi (Study Plan) va shaxsiy bayonot (Personal Essay).
Qo‘shimcha ma’lumotlar va hujjatlarni yuklash uchun SHU YERDA tanishib chiqishingiz lozim.
Manba: Grantlar.uz va infoedu.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.