AQSH universitetlarida o‘qish uchun grant turlari
AQSHda ta’lim olish ko‘plab yoshlarning orzusi. Biroq, bu jarayon moliyaviy tomondan qiyin tuyulishi mumkin. Aslida, abituriyentlar uchun AQSHda o‘qishni qisman yoki to‘liq qoplaydigan ko‘plab grant turlari mavjud.
1. Ko‘rsatkichlarga asoslangan grantlar (Merit-based scholarships)
Bu grantlar talabaning akademik yutuqlari, sportdagi natijalari yoki jamoat ishlaridagi faolligiga qarab beriladi. Bunda SAT/ACT ballari va a’lo baholar muhim rol o‘ynaydi.
- Academic Scholarships
- Average Academic Performance Scholarships
- Sports Scholarships
2. Moliyaviy ehtiyojga asoslangan grantlar (Need-based scholarships)
Oilaviy moliyaviy imkoniyatlari cheklangan, ammo iqtidorli talabalar uchun mo‘ljallangan. Ular o‘qish to‘lovi va turar joy xarajatlarini qoplashga yordam beradi.
3. Mamlakatga asoslangan grantlar (Country-based scholarships)
Rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari uchun maxsus ajratiladigan grantlar bo‘lib, xalqaro talabalar oqimini ko‘paytirishga xizmat qiladi.
4. Universitet grantlari
Har bir universitet o‘zining ichki strategiyasidan kelib chiqib, ma’lum bir soha vakillari yoki eng yuqori ball to‘plagan nomzodlar uchun grantlar taqdim etadi. Talabalar bu haqda universitetlarning "Financial Aid" yoki "Scholarships" bo‘limlaridan batafsil ma’lumot olishlari mumkin.
5. Xususiy sektor grantlari
Kompaniyalar va notijorat tashkilotlar tomonidan ma’lum bir ijtimoiy guruhlar yoki ilmiy yo‘nalishlar uchun taqdim etiladi.
6. AQSH hukumati grantlari
Eng nufuzli grant turi hisoblanadi. Masalan, Fulbright dasturi magistratura uchun to‘liq moliyaviy yordam, aviachiptalar va oylik stipendiyani o‘z ichiga oladi.
Grantlar haqida ma’lumotni qayerdan izlash kerak?
Universitetlarning rasmiy saytlaridagi "Financial Aid", "Scholarships" yoki "Admission and Aid" sahifalarini muntazam kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.