AQSHda Maryville College stipendiyasi: To'liq moliyalashtirish imkoniyati
AQSHda ta'lim olishni istagan abituriyentlar uchun ajoyib yangilik! Maryville kolleji xalqaro talabalar uchun nufuzli International Diversity Scholarship dasturini e'lon qildi. Bu stipendiya o'qish xarajatlarini to'liq qoplab beradi.
Stipendiya haqida umumiy ma'lumot
Diversity stipendiyasi har yili bir nafar birinchi kurs talabasiga taqdim etiladi. Grant o'qishning to'liq narxini qoplaydi va quyidagi shartlar bajarilganda to'rt yilgacha uzaytirilishi mumkin:
- F-1 talabasi maqomini saqlab qolish;
- Global hamkorlik markazida haftasiga ikki soat xizmat ko'rsatish;
- Akademik ko'rsatkichni (GPA) 3.0 dan past bo'lmagan darajada ushlab turish.
Talaba I-20 hujjati uchun yashash va boshqa xarajatlarni qoplashga yetarli mablag'i borligini tasdiqlashi lozim.
Nomzodlar uchun asosiy talablar
Stipendiya dasturida qatnashish uchun quyidagi talablarga javob berishingiz kerak:
- Maryville kollejiga 1-kursga qabul qilingan xalqaro talaba bo'lish;
- 1-fevralgacha kollejga kirish uchun to'liq ariza topshirgan bo'lish;
- O'z qobiliyatlaringiz va kollejga qo'shadigan hissangiz aks etgan portfolio tayyorlash;
- 300-500 so'zli motivatsion insho yozish;
- To'rt yillik o'qish davrida kampusda yashash.
Hujjat topshirish jarayoni
Dastlab Maryville kolleji rasmiy sayti orqali qabul jarayonidan o'tishingiz kerak. Qabul qilinganingizdan so'ng, maxsus portal (MVP) orqali stipendiya uchun ariza topshirishingiz mumkin. Arizalar 15-yanvargacha qabul qilinadi.
Qo'shimcha ma'lumotlar va abituriyentlar uchun foydali maslahatlarni talabalar uchun mo'ljallangan bo'limimizda topishingiz mumkin.
Batafsil ma'lumot uchun rasmiy sahifaga o'ting.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.