AQSHda bepul o’qish: Mayami Universitetida 100% grantlar

AQSHdagi Mayami Universitetida bakalavr bosqichi uchun 100% gacha bo’lgan grant dasturlariga qanday hujjat topshirish kerak? Batafsil ma’lumotlar bilan tanishing.

5
AQSHda bepul o’qish: Mayami Universitetida 100% grantlar

AQSHda bepul o'qish imkoniyati: Mayami Universiteti grantlari

AQSHning nufuzli Mayami Universiteti xalqaro talabalar uchun "International Scholarship" dasturini e'lon qildi. Ushbu dastur doirasida nomzodlar 1000 dollardan tortib, to'liq 100% gacha bo'lgan grant yutib olishlari mumkin.

Grantning afzalliklari va shartlari

Dasturga qabul qilingan talabalar $1,500 dan $12,000 gacha miqdorda stipendiya bilan ta'minlanishi mumkin. E'tibor bering, ushbu mablag' yashash xarajatlari yoki aviachiptalarni qoplamaydi. O'zingizga mos ta'lim yo'nalishlari bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Nomzodlar uchun talablar

  • Maktab, litsey yoki kollejni yuqori baholar bilan tamomlagan bo'lish;
  • Ijtimoiy faollik va erishilgan yutuqlar;
  • Ingliz tilini yuqori darajada bilish (IELTS 6.5 yoki TOEFL iBT 80);
  • SAT yoki ACT sertifikatlari (ixtiyoriy, ammo ustunlik beradi).

Qanday hujjat topshirish kerak?

Ushbu grant uchun alohida ariza to'ldirish shart emas. Universitetga hujjat topshirgan va talablarga javob beradigan barcha nomzodlar avtomatik ravishda tanlov ishtirokchisiga aylanadilar. Qo'shimcha ma'lumotlar uchun abituriyentlar uchun foydali resurslar sahifasiga o'ting.

Muhim: Hujjatlar 2022-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi. Batafsil ma'lumotlar bilan universitetning rasmiy sahifasida tanishishingiz mumkin.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar