Duke University stipendiyalari: Magistratura va Doktorantura

AQShning nufuzli Duke University ta’lim muassasasida magistratura va doktorantura bosqichlari uchun to’liq qoplovchi stipendiyalarni qo’lga kiriting.

3
Duke University stipendiyalari: Magistratura va Doktorantura

Duke University magistratura va doktorantura uchun stipendiyalar

AQShning nufuzli oliy ta'lim muassasalaridan biri bo'lgan Duke University, o'zining Duke Divinity School fakultetida tahsil oluvchi barcha talabalar uchun maxsus stipendiya dasturlarini e'lon qildi. Bu imkoniyat talabalar uchun xorijda sifatli ta'lim olish yo'lida katta qadamdir.

Qaysi dasturlar uchun stipendiya mavjud?

Stipendiya quyidagi dasturlarga qabul qilingan barcha talabalarga taqdim etiladi:

  • M.Div.
  • M.T.S.
  • M.A.C.P.
  • D.Min.
  • Th.D.

Ushbu grantni qo'lga kiritgan talabalar 100% foiz o'qish to'lovidan ozod etiladi.

Nomzodlar uchun talablar

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:

  • Yuqorida ko'rsatilgan dasturlardan biriga qabul qilingan bo'lish;
  • Ingliz tilini mukammal darajada bilish;
  • Bakalavr yoki magistr darajasiga ega bo'lish (Th.D dasturi uchun).

Qabul jarayoni va kerakli hujjatlar

Dasturga hujjat topshirish uchun quyidagi bosqichlarni amalga oshiring:

  1. Rasmiy saytda hisob qaydnomasini yaratish;
  2. Onlayn arizani to'ldirish;
  3. Tavsiyanomalarni taqdim etish;
  4. Ro'yxatdan o'tish uchun 55 AQSh dollari miqdoridagi to'lovni amalga oshirish.

Kerakli hujjatlar ro'yxati:

  • Bakalavr diplomi va baholar (transkript);
  • Rezyume yoki tarjimai hol;
  • Tavsiyanomalar;
  • Motivatsion xat (Statement);
  • Tanlangan dastur uchun qo'shimcha materiallar.

Batafsil ma'lumot olish va hujjat topshirish uchun rasmiy veb-sahifaga o'ting. Shuningdek, abituriyentlar uchun boshqa xorijiy grantlar haqidagi ma'lumotlarni bizning saytda kuzatib boring.

Eslatma: Dasturning oxirgi muddatlari bilan oldindan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar