Mayami universitetida xalqaro talabalar uchun grantlar
Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi nufuzli Mayami Universiteti (Miami University) xalqaro talabalar uchun International Scholarship grant dasturini e'lon qildi. Ushbu dastur bakalavr bosqichida tahsil olishni istagan iqtidorli yoshlar uchun ajoyib imkoniyatdir.
Universitetning ta’lim yo‘nalishlari bilan batafsil ushbu sahifada tanishishingiz mumkin. Shuningdek, O‘zbekistondagi kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan solishtirish foydali bo'lishi mumkin.
Grantning afzalliklari va shartlari
Dastur doirasida qabul qilingan talabalar $1,500 dan $12,000 gacha stipendiya bilan ta’minlanadi. Eslatib o‘tamiz, grant faqat o‘qish to‘lovini qisman yoki to‘liq qoplashi mumkin, yashash xarajatlari va aviachiptalar xarajatlari talaba zimmasida qoladi.
Nomzodlar uchun talablar
- Maktab, kollej yoki litseyni yuqori baholar bilan tamomlagan bo‘lish;
- Ijtimoiy hayotda faollik va erishilgan yutuqlar;
- Ingliz tilini yuqori darajada bilish (IELTS 6.5 yoki TOEFL iBT 80);
- SAT yoki ACT sertifikatlari mavjud bo‘lsa, ularni taqdim etish tavsiya etiladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar va abituriyentlar uchun foydali resurslarni izlayotgan bo‘lsangiz, universitetning rasmiy sahifasiga murojaat qiling.
Muhim eslatma
Ushbu grant dasturi uchun alohida ariza topshirish shart emas. Universitetga o‘qishga qabul qilingan va yuqoridagi talablarga javob beradigan barcha nomzodlar avtomatik tarzda grant tanlovida ishtirokchi hisoblanadilar.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.