Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish yakunlandi

Ta’lim tizimida kutilayotgan o’zgarishlar haqida: Qisqacha mazmun:Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish yakunlandi Joriy yilning 22-avgustidan boshlab, OTMlarga kirish va o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlarning apellatsiya shikoyatlari Apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqildi.Apellatsiya jarayoni 2024-yil 10-sentyabr kuni to‘liq yakunlandi.Apellatsiya komissiyasi tomonidan jami 4 055 nafar abituriyentning e’tirozi ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan edi. Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib […]

4
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish yakunlandi
Ta'lim tizimida kutilayotgan o'zgarishlar haqida:

Qisqacha mazmun:
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish yakunlandi Joriy yilning 22-avgustidan boshlab, OTMlarga kirish va o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlarning apellatsiya shikoyatlari Apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqildi.
Apellatsiya jarayoni 2024-yil 10-sentyabr kuni to‘liq yakunlandi.
Apellatsiya komissiyasi tomonidan jami 4 055 nafar abituriyentning e’tirozi ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan edi.

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish yakunlandi

Joriy yilning 22-avgustidan boshlab, OTMlarga kirish va o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlarning apellatsiya shikoyatlari Apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqildi. Apellatsiya jarayoni 2024-yil 10-sentyabr kuni to‘liq yakunlandi.

Apellatsiya komissiyasi tomonidan jami 4 055 nafar abituriyentning e’tirozi ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan edi. Ularning 831 nafari (20,5%) jarayonda bevosita ishtirok etdi, qolgan 3 224 nafari esa jarayonda ishtirok etmadi.

Joriy yilda ilk marta Nukus shahrida Bilimni baholash agentligi tomonidan qoraqalpog‘istonlik abituriyentlarning shikoyatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor Apellatsiya komissiyasi tashkil etildi.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qaroriga muvofiq, Apellatsiya komissiyasining qarorlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga taqdim etiladi.



Ta'lim sohasidagi boshqa yangiliklarni kuzatib boring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar