2025-yilgi qabul jarayoni: “Avval test, so‘ng tanlov” tartibi

2025-yilgi oliy ta’limga qabul jarayoni qanday bo‘ladi? “Avval test, so‘ng tanlov” tizimi, bosqichlar va abituriyentlar uchun yangi imkoniyatlar haqida bilib oling.

3
2025-yilgi qabul jarayoni: “Avval test, so‘ng tanlov” tartibi

2025-yilgi qabul: "Avval test, so‘ng tanlov" tizimi

Prezident farmoniga muvofiq, 2025-yildan boshlab oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari "avval test, so‘ng tanlov" tamoyili asosida ikki bosqichda amalga oshiriladi. Bu tizim abituriyentlarga test natijalaridan kelib chiqib, ongli ravishda oliygoh va yo‘nalish tanlash imkonini beradi.

1-bosqich: Test sinovlari uchun ro‘yxatdan o‘tish

Muddat: 5-iyun – 25-iyun.

Ushbu bosqichda abituriyentlar oliygohni tanlamaydi. Faqat quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

  • Test topshiriladigan fanlar majmuasi;
  • Ta’lim tili va test topshirish hududi;
  • Ijodiy imtihon bo‘lsa, tegishli OTM.

Agar siz tayyorgarlik jarayonini kuchaytirmoqchi bo‘lsangiz, DTM standartidagi test tizimi yordamida bilimingizni sinab ko‘rishingiz mumkin.

2-bosqich: OTM va yo‘nalishni tanlash

Muddat: Test sinovlari yakunlangach, 15 kun davomida.

Abituriyent o‘z to‘plagan baliga qarab, eng maqbul oliygoh, bakalavriat yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi. Bu bosqichda strategik qaror qabul qilish juda muhim. O‘z imkoniyatlaringizni baholash uchun kirish ballari yo‘nalishlar kesimida ma’lumotlari bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz.

O‘qishga kira olmaganlar uchun imkoniyatlar

Test natijalariga ko‘ra o‘qishga kira olmagan abituriyentlar to‘plagan ballari bilan kollej yoki texnikumlarga hujjat topshirishlari mumkin. Natijalar e’lon qilingach, buning uchun 10 kun muhlat beriladi.

Xulosa

Yangi tizim qabul jarayonining shaffofligini oshirish va abituriyentlarga o‘z potensialini to‘g‘ri baholashga yordam berishni maqsad qilgan. Siz ushbu o‘zgarishlarga qanday qaraysiz? Fikr va mulohazalaringizni izohlarda qoldiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar