Nostrifikatsiya bo'yicha 2026-yil 13-avgust kuni o'tkaziladigan test sinovlarining hududlar, boshlanish vaqtlari va manzillari e'lon qilindi. Test sinovlari 13 ta hududda tashkil etilgan.
Har bir hudud bo'yicha test vaqti, manzil va bino geolokatsiyasi quyida keltirilgan:
Hududlar bo'yicha test vaqti va manzillar
Reklama
| Hudud | Test vaqti | Manzil |
|---|---|---|
| Qoraqalpog'iston Respublikasi | 13-avgust, soat 10:00 | Nukus shahri, Janabazar MFY, Nukus To'rtko'l avtomagistrali shossesi, 53/2-uy (Janubiy avtovokzal) |
| Xorazm viloyati | 13-avgust, 1-smena soat 11:30, 2-smena soat 14:30 | Urganch tumani, Yuqori do'rmon, Yuqoriovul MFY, O'zbekiston shox ko'chasi, 2/2-uy (48-maktab) |
| Buxoro viloyati | 13-avgust, soat 14:30 | Buxoro tumani, Bog'idasht MFY (7-kichik tuman, 43-maktab) |
| Navoiy viloyati | 13-avgust, soat 11:00 | Navoiy shahar, Yoshlik MFY (Metan gaz quyish shahobchasi yonida) |
| Samarqand viloyati | 13-avgust, 1-smena soat 11:00, 2-smena soat 14:00 | Pastdarg'om tumani, Kamolot mahallasi, Irteshar ges ko'chasi, 5-A uy (sobiq Temurbeklar maktabi yonida) |
| Qashqadaryo viloyati | 13-avgust, soat 09:30 | Qarshi shahri, Buyuk Turon MFY, Buyuk Turon ko'chasi, 10/v-uy (Smart zavod yonida) |
| Surxondaryo viloyati | 13-avgust, 1-smena soat 08:30, 2-smena soat 10:30 | Termiz shahri, Tinchlik mahallasi, Shodiyona ko'chasi, 1-A uy |
| Jizzax viloyati | 13-avgust, soat 10:00 | Sh.Rashidov tumani, Oqtosh ota MFY, Yangi O'zbekiston massivi |
| Sirdaryo viloyati | 13-avgust, soat 10:00 | Guliston shahri, 4-mavze, Buyuk kelajak massivi |
| Andijon viloyati | 13-avgust, 1-smena soat 08:30, 2-smena 10:00, 3-smena 11:30, 4-smena 14:00 | Andijon shahri, Universitet ko'chasi, 129-A uy (ADU akademik litseyi) |
| Farg'ona viloyati | 13-avgust, 1-smena soat 09:00, 2-smena soat 11:00 | Farg'ona shahri, Nurafshon ko'chasi, Mustaqillik shaharchasi (EKO shahar) |
| Namangan viloyati | 13-avgust, 1-smena soat 09:00, 2-smena soat 11:00 | Davlatobod tumani, Yuksalish mavzesi, Tadbirkor MFY, Yoshlik ko'chasi, 92-uy |
| Toshkent shahri | 13-avgust, 1-smena soat 09:30, 2-smena soat 11:00, 3-smena soat 14:00 | Yunusobod tumani, Bog'ishamol ko'chasi, 12-uy |
Har bir manzilning bino geolokatsiyasi yandex.uz/maps yoki google maps havolalari orqali ochiladi. Talabgorlar testga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari shart.
Eslatib o'tamiz, nostrifikatsiya test sinovlari 13-avgust kuni o'tkaziladi. InfoEdu.uz nostrifikatsiya jarayonlari bo'yicha yangiliklarni yoritishda davom etadi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.