2025/2026 o'quv yilidan chet tili sertifikati majburiy bo'ladi
Ta'lim tizimidagi so'nggi yangiliklarga ko'ra, kelgusi o'quv yilidan boshlab abituriyentlar uchun yangi talab joriy etilmoqda. Agar siz chet tili birinchi fan hisoblangan yo'nalishlarga hujjat topshirmoqchi bo'lsangiz, albatta til bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatga ega bo'lishingiz kerak.
Bu nimani anglatadi?
2025/2026 o'quv yili qabulidan boshlab, fanlar majmuasida chet tili birinchi fan (3,1 ball) sifatida belgilangan ta'lim yo'nalishlariga faqat tegishli til sertifikati mavjud abituriyentlargina hujjat topshira oladi. Bu o'z navbatida kirish ballari yo'nalishlar kesimida yuqori raqobatni keltirib chiqarishi mumkin.
Kimlar uchun muhim?
Ushbu o'zgarish quyidagi yo'nalishlarga hujjat topshirishni rejalashtirayotgan abituriyentlar uchun juda muhim:
- Xorijiy filologiya va tarjima nazariyasi;
- Chet tili birinchi fan bo'lgan pedagogika yo'nalishlari;
- Xalqaro munosabatlar, xalqaro biznes va turizm.
Qaysi sertifikatlar talab etiladi?
Abituriyentlar CEFR (B2 va undan yuqori), IELTS, TOEFL yoki boshqa xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega bo'lishlari shart. Agar siz hali sertifikatga ega bo'lmasangiz, milliy sertifikat sanalari bilan tanishib, tayyorgarlikni hoziroq boshlashingiz tavsiya etiladi.
Ushbu yangilik bo'yicha o'z fikringizni izohlarda yozib qoldiring!

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.