2023/2024-o‘quv yili uchun davlat OTM qabul kvotalari

Prezident farmoyishi bilan 2023/2024-o‘quv yili uchun davlat OTMlariga qabul kvotalari tasdiqlandi. Grant o‘rinlari va qabul jarayoni haqida to‘liq ma’lumot.

4
2023/2024-o‘quv yili uchun davlat OTM qabul kvotalari

2023/2024-o‘quv yili uchun davlat OTMlari qabul kvotalari tasdiqlandi

Prezidentning tegishli farmoyishi bilan 2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi.

Qabul kvotalari bilan to‘liq tanishish

Davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari

Tasdiqlangan parametrlarga ko‘ra, grant o‘rinlari quyidagicha taqsimlandi:

  • Bakalavr kunduzgi ta’lim shakliga – 34 860 nafar;
  • Magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 8 923 nafar.

Abituriyentlar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha kirish ballari yo‘nalishlar kesimida ma’lumot olishlari muhim ahamiyatga ega.

Qabul jarayonini muvofiqlashtirish

Davlat komissiyasi tomonidan umumiy davlat granti asosidagi qabul parametrlari doirasida maqsadli qabul kvotalari tuman (shahar) kesimida hamda ta’lim tillari bo‘yicha taqsimoti 20-iyunga qadar e’lon qilinadi.

Shuningdek, davlat OTMlariga to‘lov-kontrakt asosidagi kvotalar:

  • Tizimida OTMlari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda;
  • Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMlari Kuzatuv kengashlari tomonidan 20-iyunga qadar tasdiqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, OTMlarga qabul jarayonlari 20-iyundan boshlanadi. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun abituriyentlar uchun ruknimizni kuzatib boring.

Ushbu ma’lumotlar rasmiy manbalardan olingan.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar