Talabalar kontrakti davlat tomonidan to‘lab beriladi

PQ-289-sonli qarorga ko‘ra, pedagogika yo‘nalishidagi qo‘shma dastur talabalari uchun xorijda o‘qish xarajatlari davlat budjetidan qoplab beriladi.

4
Talabalar kontrakti davlat tomonidan to‘lab beriladi

Pedagogika yo‘nalishi talabalari uchun imtiyozlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-289-sonli qaroriga muvofiq, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining qo‘shma ta’lim dasturlarida tahsil olayotgan talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratildi. Endilikda ushbu talabalarning hamkor xorijiy oliygohlarda o‘qish davri uchun to‘lov-kontrakt mablag‘lari Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.

To‘lov-kontraktni qoplash tartibi va shartlari

Ushbu imtiyoz barcha talabalarga emas, balki ma'lum bir saralash asosida beriladi. Talabalar quyidagi tartibda tanlab olinadi:

  • Pedagogika yo‘nalishidagi qo‘shma ta’lim dasturlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan va yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan talabalar o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi;
  • Tanlovda g‘olib chiqqan talabalar bilan davlat ta’lim muassasalarida (maktabgacha, umumiy o‘rta, professional yoki oliy ta’lim) kamida 3 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnoma rasmiylashtiriladi.

Ushbu yangilik pedagog kadrlar sifatini oshirish va xalqaro tajriba almashishni rag‘batlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar