Youth Green Camp: Qirg‘izistonda yoshlar uchun ekologik oromgoh
Markaziy Osiyo va Afg‘oniston yoshlari uchun ajoyib imkoniyat! Youth Council tomonidan 27-28-noyabr kunlari Qirg‘izistonning Norin shahrida “Youth Green Camp” xalqaro oromgohi tashkil etilmoqda. Ushbu dastur mintaqaviy ekologik muammolarni muhokama qilish va ularga innovatsion yechimlar topishga qaratilgan.
Dasturda kimlar qatnasha oladi?
Ushbu oromgohda Markaziy Osiyo va Afg‘oniston mamlakatlaridan kelgan, ingliz tilini mukammal biladigan o‘rta ta’lim muassasalari va universitet talabalari ishtirok etishlari mumkin. Agar siz talabalar uchun tashkil etilayotgan xalqaro loyihalarga qiziqsangiz, bu imkoniyat aynan siz uchun.
Ishtirokchilar uchun imtiyozlar:
- Bepul ichki transport va turar-joy;
- Xalqaro ekspertlardan atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha maslahatlar;
- Ekologik loyihalarni amalga oshirish uchun mikrogrant yutib olish imkoniyati;
- Mintaqaviy ekologik muammolarni muhokama qilish platformasi.
Eslatma: Nomzodlar ingliz tilida ravon so‘zlasha olishlari shart. Bu kabi xalqaro tadbirlar abituriyentlar uchun ham o‘z dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Qanday ro‘yxatdan o‘tish kerak?
Dasturda ishtirok etish uchun ushbu ariza shaklini 23-noyabr sanasiga qadar to‘ldirishingiz kerak. Saralangan ishtirokchilar ro‘yxati 24-noyabr kuni e’lon qilinadi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.