2025/2026-o‘quv yili uchun test baholash mezonlari

2025/2026-o‘quv yili uchun test sinovlari tartibi va baholash mezonlari tasdiqlandi. Abituriyentlar uchun jami ball va fanlar taqsimotini batafsil o‘rganing.

11
2025/2026-o‘quv yili uchun test baholash mezonlari

2025/2026-o‘quv yili uchun test sinovlari tartibi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul bo‘yicha test sinovlari tartibi va baholash mezonlari tasdiqlandi. Joriy yilgi mezonlar avvalgi o‘quv yilidagidek o‘zgarishsiz qoldirildi.

Abituriyentlar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan oldindan tanishib chiqishlari tavsiya etiladi.

Majburiy fanlar va ballar taqsimoti

Har bir abituriyent uchun quyidagi 3 ta majburiy fan bo‘yicha test topshiriqlari belgilanadi:

  • Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) – 10 ta savol
  • Matematika – 10 ta savol
  • O‘zbekiston tarixi – 10 ta savol

Ushbu 30 ta savolning har biri 1.1 ball bilan baholanib, jami 33 ballni tashkil etadi.

Mutaxassislik fanlari bo‘yicha testlar

Ta’lim yo‘nalishiga mos ravishda har bir abituriyent yana 2 ta fan bo‘yicha test topshiradi. Agar siz tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lsangiz, DTM standartidagi test tizimi orqali bilimlaringizni sinab ko‘rishingiz mumkin:

  • 1-fan: 30 ta savol, har biri 3.1 ball (jami 93.0 ball)
  • 2-fan: 30 ta savol, har biri 2.1 ball (jami 63.0 ball)

Mutaxassislik bloki bo‘yicha jami 60 ta savol beriladi va ular uchun maksimal 156 ball to‘plash mumkin.

Umumiy test tartibi va maksimal ball

Yangi o‘quv yilida abituriyentlarga jami 90 ta savol (30 ta majburiy, 60 ta mutaxassislik) taqdim etiladi. Umumiy hisobda abituriyentlar maksimal 189 ball to‘plash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu tizim bilim darajasini adolatli baholashga xizmat qiladi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar