Xususiy universitet bitiruvchilari davlat magistraturasiga kira oladimi?

Xususiy universitet bitiruvchilari davlat OTMlari magistraturasiga hujjat topshirishi mumkinmi? Qoidalarni va turdosh yo’nalishlar bo’yicha talablarni bilib oling.

5
Xususiy universitet bitiruvchilari davlat magistraturasiga kira oladimi?

Xususiy universitet bitiruvchilari magistraturaga kira oladimi?

Ko'plab abituriyentlarni qiziqtirgan savol: xususiy universitet bitiruvchilari davlat oliy ta’lim muassasalariga (OTM) magistraturaga hujjat topshirishi mumkinmi? Javob aniq: ha, ular davlat OTMlariga magistratura bosqichi uchun hujjat topshirish huquqiga ega.

Magistraturaga kirishda turdosh yo'nalishlar

Magistraturaga hujjat topshirish jarayonida bitiruvchilar o'zlari tugatgan bakalavriat yo'nalishiga mos yoki turdosh bo'lgan mutaxassisliklarni tanlashlari lozim. Bunda quyidagi qoidalar amal qiladi:

  • Bitiruvchilar o'z yo'nalishlariga mos va turdosh bo'lgan yo'nalishlardan birini tanlash imkoniyatiga ega.
  • Agar tugatilgan yo'nalish turdosh ta’lim yo'nalishlari ro'yxatida bo'lmasa, abituriyent faqat o'zi tugatgan yo'nalishga hujjat topshira oladi.

O'zingizga mos kirish ballari va yo'nalishlar haqidagi ma'lumotlarni doimiy kuzatib borish tavsiya etiladi.

Muhim eslatma

Turdosh yo'nalishlar ro'yxati har yili tasdiqlanadi. Joriy yil uchun tasdiqlangan ro'yxatni abituriyentlar uchun yangiliklar sahifasi orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Davlat OTMlarida magistraturada o'qish bitiruvchilarga o'z kasbiy mahoratini oshirish va yuqori malakali mutaxassis bo'lib yetishishda keng imkoniyatlar yaratadi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar