Har yili minglab abituriyentlar xususiy universitetga hujjat topshirishdan oldin bir savol qiynaydi: "Xususiy OTM diplomi davlat universitetinikidan farq qiladimi?" Ko'pchilik bu savolga noto'g'ri javob beradi — go'yoki nodavlat oliygoh diplomi boshqacha, sifatsizroq yoki ishga kirishda o'tmaydi.
Aslida, davlat tomonidan qonuniy litsenziya asosida faoliyat olib borayotgan xususiy oliygohlar o'z bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplomni taqdim etishadi. Bu diplom davlat universitetlari beradigan diplomdan hech qanday farq qilmaydi — bir xil ko'rinish, bir xil yuridik kuch, bir xil imtiyozlar.
Misol uchun, Farg'ona viloyatidagi xususiy oliygohlardan biri — Qo'qon universiteti bitiruvchilariga aynan shunday davlat namunasidagi diplom beradi. Diplomda oliygoh nomi yozilgan bo'ladi, ammo uning huquqiy maqomi davlat OTM diplomlari bilan teng.
Reklama
Bu masala "Ta'lim to'g'risida"gi qonunning 31-moddasida aniq belgilab qo'yilgan: litsenziyaga ega nodavlat oliy ta'lim muassasalarining diplomi O'zbekiston Respublikasi hududida rasman tan olinadi. Ya'ni qonun oldida xususiy va davlat OTM diplomlari o'rtasida hech qanday farq yo'q.
Shunga qaramay, ayrim ish beruvchilar orasida noto'g'ri tushuncha saqlanib qolgan. Nodavlat OTM diplomi davlat OTM bilan tengmi degan savolga huquqiy jihatdan batafsil javob bergan edik — litsenziyasi bor har qanday OTM diplomi qonuniy kuchga ega.
Muhim jihat shundaki, xususiy oliygoh tanlashda uning litsenziyasi mavjudligiga e'tibor berish kerak. Litsenziyasiz faoliyat yuritayotgan yoki filial sifatida faoliyati tan olinmagan muassasalar bergan diplom haqiqiy davlat namunasidagi diplom hisoblanmaydi.
Ta'lim sohasidagi eng dolzarb yangiliklar va rasmiy e'lonlarni InfoEdu.uz saytida muntazam kuzatib borishingiz mumkin.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.