Xususiy universitet talabalari uchun ta’lim krediti

Xususiy va xorijiy OTM talabalari ta’lim kreditini qanday olishi mumkin? Kredit shartlari, qaytarish muddati va muhim talablar haqida to‘liq ma’lumot.

4
Xususiy universitet talabalari uchun ta’lim krediti

Xususiy OTM talabalari uchun ta’lim krediti: Kimlar olishi mumkin?

Bugungi kunda ta’lim sohasidagi eng muhim yangiliklardan biri — to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan talabalar uchun ajratiladigan ta’lim krediti endilikda faqat davlat OTMlari bilan cheklanib qolmaydi.

Ta’lim krediti kimlarga beriladi?

Respublikadagi oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari, shu jumladan xususiy va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallari talabalari ushbu kreditni olish huquqiga ega. Shuningdek, o‘qishini boshqa joydan ko‘chirgan (perevod) talabalar ham kredit olishlari mumkin.

Kredit olish tartibi va shartlari

Talaba kontrakt shartnomasini bankka taqdim etishi orqali bir yillik kontrakt summasiga teng miqdorda kredit ajratiladi. Muhim jihatlarni eslatib o‘tamiz:

  • Super-kontrakt uchun kredit berilmaydi.
  • Ta’lim kreditining asosiy qarzini qaytarish talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlanadi.
  • Kreditni 7 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud, biroq muddatidan oldin yopish ham mumkin.

Agar siz oliygohlar kirish ballari bilan qiziqsangiz yoki talabalar uchun foydali ma’lumotlar izlayotgan bo‘lsangiz, bizning saytimizni kuzatib boring.

Manba: infoedu.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar