Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishiga asosan, xorijda yashayotgan va o‘zbek tili, adabiyoti, tarix, madaniyat hamda san’at yo‘nalishlarida tahsil olishni istagan yoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratildi.
Tanlovda ishtirok etish shartlari
Grant tanlovlarida qatnashish uchun talabgorlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- Talabgor, uning ota-onasi yoki ajdodlari (bobo va momosi) etnik o‘zbek yoki qoraqalpoq bo‘lishi hamda hozirda xorijda istiqomat qilishi;
- Talabgorning yoshi 30 dan oshmagan bo‘lishi;
- O‘zbek tilini mukammal bilishi.
Tanlovlar kasbiy imtihonlar va test sinovlari orqali o‘tkaziladi. Eng yuqori ball to‘plagan nomzodlar grant sohibiga aylanadi. Arizalar 2024-yilning 20-oktabrigacha qabul qilinadi.
Grant ajratilgan yo‘nalishlar va oliygohlar
Grantlar o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik kabi ustuvor sohalar uchun ajratilgan. O‘quv jarayonlari uchun oliygohlar kirish ballari va tizimini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Siz ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlarni tekshirib olishingiz mumkin.
Grantga ega bo‘lish mumkin bo‘lgan oliy ta'lim muassasalari:
- Buxoro davlat pedagogika instituti
- Buxoro davlat universiteti
- Chirchiq davlat pedagogika universiteti
- Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
- Farg‘ona davlat universiteti
- Guliston davlat pedagogika instituti
- Guliston davlat universiteti
- Jizzax davlat pedagogika universiteti
- Milliy rassomlik va dizayn instituti
- Namangan davlat pedagogika instituti
- Namangan davlat universiteti
- Navoiy davlat pedagogika instituti
- Nukus davlat pedagogika instituti
- O‘zbek milliy musiqa sanʼati instituti
- O‘zbekiston davlat konservatoriyasi
- O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali
- O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti
- O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali
- O‘zbekiston Milliy universiteti
- O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti
- Qarshi davlat universiteti
- Qo‘qon davlat pedagogika instituti
- Qoraqalpoq davlat universiteti
- Samarqand davlat chet tillar instituti
- Samarqand davlat universiteti
- Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali
- Samarqand davlat universiteti Urgut filiali
- Shahrisabz davlat pedagogika instituti
- Termiz davlat pedagogika instituti
- Termiz davlat universiteti
- Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
- Toshkent davlat pedagogika universiteti
- Urganch davlat pedagogika instituti
- Urganch davlat universiteti
Batafsil ma’lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.