Xodimlarga moddiy yordam olish tartibi
Ta'lim tizimi xodimlari uchun moddiy yordam ajratish masalalari Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-sonli nizomi bilan tartibga solinadi. Ushbu imtiyoz ayniqsa og'ir vaziyatlarga tushib qolgan pedagoglar uchun muhim yordam hisoblanadi.
Kimlar moddiy yordam olishi mumkin?
Nizomning 33-bandiga ko'ra, umumta’lim muassasalari xodimlariga quyidagi hollarda moddiy yordam ko‘rsatiladi:
- Xodimning o‘zi yoki yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda;
- Xodim og‘ir kasallikka chalinganda;
- Xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda.
Moddiy yordam miqdori va shartlari
Moddiy yordam miqdori kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi (o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha bo'lishi belgilangan. Bu jarayon xodimning shaxsiy murojaati yoki boshlang‘ich kasaba uyushmasining tashabbusi asosida amalga oshiriladi.
Ta'lim sohasidagi yangiliklar, pedagog kadrlar attestatsiyasi haqidagi ma'lumotlar hamda maktab darsliklarini yuklab olish imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot olish uchun infoedu.uz saytini kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.