Xususiy oliygoh talabalariga davlatdan moddiy yordam

Xususiy oliy ta’lim muassasalarida o’qiydigan yetim va boquvchisini yo’qotgan talabalarga davlat tomonidan moddiy yordam ko’rsatish tartibi belgilandi.

4
Xususiy oliygoh talabalariga davlatdan moddiy yordam

Xususiy oliygoh talabalariga davlat yordami: Kimlar oladi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-maydagi 181-sonli qarori bilan nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar uchun yangi tartib tasdiqlandi.

Qaysi talabalar moddiy yordam oladi?

Ushbu tartibga ko‘ra, quyidagi toifadagi talabalarga oziq-ovqat, kiyim-kechak va sanitariya vositalarini xarid qilish uchun davlat byudjetidan mablag‘lar ajratiladi:

  • Yetim talabalar;
  • Ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar.

Mablag‘lar qanday ajratiladi?

Oliy taʼlim muassasalari har yili 15-sentyabrga qadar quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  • Ijtimoiy taʼminot yordamiga muhtoj talabalar sonini aniqlash;
  • Talabalar uchun zarur bo‘lgan mablag‘ miqdorini hisoblash;
  • Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga byudjetdan mablag‘ ajratish yuzasidan so‘rovnoma kiritish.

Ta'lim sohasidagi boshqa dolzarb yangiliklar va talabalar uchun foydali ma'lumotlarni kuzatib boring. Shuningdek, oliygohlar kirish ballari bo‘yicha batafsil ma’lumot olish uchun saytimizdan foydalanishingiz mumkin.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar